Elektron hujjatlashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

Bugun Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasida Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar bosh markazi vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbirda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, nazorat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan ma’muriy bayonnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Seminarda soha mutaxassislari tomonidan elektron tizim orqali ma’muriy huquqbuzarliklarni qayd etish tartibi, ma’lumotlarni yagona bazaga kiritish va jarayonning shaffofligini oshirish borasida batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur yangilik huquqbuzarliklar bo‘yicha tezkor ma’lumot almashish, hujjatlar rasmiylashtirish jarayonini avtomatlashtirish hamda inson omilini kamaytirish imkonini beradi.
Tadbir yakunida seminar ishtirokchilari tomonidan sohaga yangi axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilib, inspektorlarning malakasini oshirish va tizimni takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi
Matbuot xizmati