25 oktyabrь – Oʼzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni

24.10.2021

Hurmatli hamkasblar ! 

Sizni, 25 oktyabrь – Oʼzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni hamda Oʼzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari tashkil topganligining 30 yillik bayrami munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib barcharingiz tabriklayman.

Fursatdan foydalanib, El-yurt tinchpigi, qonun ustivorligini taьminlashda, mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurarashish, bir soʼz bilan aytganda muqaddas zaminimizdagi tinch va osuda hayotni taʼminlash yoʼlida olib borayotgan xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor boʼlishini, mustahkam sogʼliq, baxt-saodat, xonadoningizga qut-baraka, uzoq umr, oilangizga totuvlik, dasturxoningizga fayzu-baraka, huquq-tartibotni kuchaytirish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishdek sermashaqqat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman !

Sizga yana bir bor, mustaxkam sogʼlik, oilaviy baxt tilagan xolda, kelgusida el-yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashdek maʼsuliyatli vazifangizda tole yor boʼlishini tilayman.

Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin, aziz yurt posbonlari ! 

Hurmat bilan, 

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi