4-avgust - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topgan kun

04.08.2022

Sana munosabati bilan soha xodimlarini jamoat xavfsizligini ta’minlash, aholini turli xil tahdidlardan, jinoiy va boshqa g‘ayriqonuniy harakatlardan himoya qilish, o‘ta muhim toifalangan davlat va boshqa ob’ektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini qo‘riqlash borasidagi vazifalarni bajarishda va millat manfaatlarini himoyasida og‘ishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Sidqidildan mehnat qilayotgan barcha fidoyi xodimlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi