Gaz va elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-taroj qilish holatlari o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilanadi

15.02.2023

⚡️Energetika nazorati boʼyicha Bosh prokuror oʼrinbosari lavozimi joriy etildi

“Yoqilgʼi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–54-son, 13.02.2023 y.) qabul qilindi

📝 Qarorga muvofiq, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neftь mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi faoliyatining ustuvor yoʼnalishlari belgilandi. 

🚫 Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan Oʼzenergoinspektsiya xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarning yuklanishi taqiqlanadi.

✅ Qarorga koʼra, Bosh prokurorning yoqilgʼi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga masʼul boʼlgan oʼrinbosari lavozimi joriy etildi. 

🔰 2023 yil 1 martdan:

🔸Oʼzenergoinspektsiya elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlaridagi yoqilgʼi-energiya resurslari isteʼmoli toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni monitoring qiladi;

🔸elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʼliq huquqbuzarlik boʼyicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron rasmiylashtirish va tegishli maʼlumotlarni “E-ma‘muriy ish” tizimiga kiritish tartibi joriy etiladi.

☑️ 2023 yil 1 iyuldan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib berish boʼyicha shartnomalar elektr va gaz taʼminoti korxonalarining dasturiy taʼminoti yoxud “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali tuziladi. 

⏳ 2023 yil 1 iyungacha yoqilgʼi-energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, inson omilisiz qayta hisob-kitob qilish, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va Soliq qoʼmitasi bazasida parallel ravishda hisobga olishni nazarda tutuvchi dastur joriy etiladi. 

📁 Qarorga koʼra shuningdek, elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-taroj qilish holatlarini oʼgʼrilik jinoyati sifatida belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.