Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasida “E-ma‘muriy ish”– axborot tizimi boʼyicha oʼquv-seminar mashgʼuloti boʼlib oʼtdi

04.11.2021

Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 iyundagi “Huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 407-sonli qaroriga asosan “E-ma‘muriy ish”– yagona axborot tizimi orqali elektron shaklda ish yuritish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Kadastr agentligining Xorazm viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘lim inspektorlari qatnashdi.