Tibbiyot xodimi faoliyatiga toʼsqinlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi

01.04.2023

Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʼsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan Prezident tomonidan imzolangan Qonunga (OʼRQ–827, 27.03.2023 y.) asosan Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksga qoʼshimcha kiritildi.

Unga koʼra, mazkur Kodeks quyidagi mazmundagi norma bilan toʼldirildi:

Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʼsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda taʼsir oʼtkazish:

-   fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1,5 mln soʼmdan 2,1 mln soʼmgacha), mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln soʼmdan 3 mln soʼmgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʼladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.