Toshkent harbiy prokuraturasida “E-mamuriy ish” tizimi boʼyicha oʼquv-semenar mashgʼuloti oʼtkazildi

22.10.2021

 

Toshkent harbiy prokuraturasi prokuror tergov xodimlarining kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi IIV huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazining mutaxassislari ishtirokida oʼquv mashgʼuloti tashkil qilindi.

Mashgʼulotda Prezidentimizning 2017 yil 30 avgust kungi "Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining "Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida" gi Qarori ijrosini amaliyotda toʼgʼri tatbiq etilishi yuzasidan tushuntirish berildi.