140-modda. Mast holdagi haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘yish

Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo‘l qo‘yish — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.