45-modda. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish

Turar joyga unda istiqomat qiluvchilarning xohish-irodasiga xilof ravishda noqonuniy tarzda kirish, mansabdor bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.