JARAYON
Kuni kecha, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.04.2025 yildagi “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Seminarda farmonda belgilangan bir qator ustuvor vazifalar, shu jumladan, “E-ma’muriy ish” tizimi bo‘yicha soddalashtirilgan tartibda ish yuritish masalalari haqida ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, seminarda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, "ma’muriy ish" tizimida hujjatlarni elektron tartibda rasmiylashtirish hamda ish yuritish qoidalari bo‘yicha ishtirokchilarga atroflicha amaliy ko‘nikmalar berildi. Hududiy inspeksiya xodimlari esa seminarda ZOOM platformasi orqali masofaviy tarzda ishtirok etdilar.
Manba: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy telegram kanali.